“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KO‘MAKCHILARINING GAMMATIK FARQLARI
FarDU filologiya fakulteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada rus predloglari va o‘zbek ko‘makchilari orasidagi terminologik chalkashlik va grammatik farqlar tahlil qilinadi. Ikkala tilda ham munosabat bildiruvchi vositalar mavjud bo‘lsa- da, ularning kelishik boshqaruvi, pozitsiyasi (prepozitsiya va postpozitsiya), morfologik tuzilishi hamda kelib chiqishi tubdan farq qiladi. Aynan shu farqlar e’tibordan chetda qolganda, “predlog” va “ko‘makchi” atamalari bir ma’noda qo‘llanilib, jiddiy uslubiy va kognitiv chalkashliklar yuzaga keladi. Maqolada quyidagi masalalar yoritilgan: terminlarning kelib chiqishi va hozirgi qo‘llanishidagi nomuvofiqliklar; rus predloglari va o‘zbek ko‘makchilarining kelishik boshqaruvidagi tizimli farqlar; ularning gapdagi o‘rni (old yoki keyin kelishi); yasalish turlari va mustaqillik darajasi; hamda ikki tilli muhitda (xususan, rus tili ikkinchi til sifatida o‘qitilganda) kuzatiladigan tipik xatolar va ularning sabablari. Shuningdek, terminologik tizimni farqlash hamda o‘qitish metodikasiga oid tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: predlog, ko‘makchi, terminologik chalkashlik, kelishik boshqaruvi, prepozitsiya, postpozitsiya, qiyosiy tipologiya.