“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JANE AUSTEN ROMANLARIDA DISPUT KONSEPTINING LINGVOMADANIY TALQINI
FarDU tayanch doktoranti +998940350801
Annotatsiya
Ushbu maqolada Jane Austen romanlaridagi dialogik nutqning ajralmas qismi bo‘lgan "disput" konsepti lingvomadaniy va pragmatik yondashuv asosida tahlil qilinadi. XVIII-XIX asrlar ingliz jamiyati muloqot odobi (etiquette) va nutqiy strategiyalarining qahramonlar xarakteriga ta'siri ochib beriladi. Tadqiqot disput jarayonida qo‘llaniladigan lingvistik vositalar (ironiya, metafora, ritorik savollar) qahramonning ijtimoiy-madaniy statusini belgilovchi omil ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Jane Austen, lingvomadaniyat, disput konsepti, pragmatika, nutqiy strategiya, ironiya, sotsiolingvistika, muloqot madaniyati.