“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
HARBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY IDENTIKLIK VA IJTIMOIY XOTIRANING ROLI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada harbiy madaniyatni shakllantirish jarayonida milliy identiklik va ijtimoiy xotiraning o‘rni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy identiklik shaxsning Vatan, tarix va madaniyat bilan o‘zini anglash jarayoni sifatida talqin etilib, uning harbiy ong va vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishdagi roli asoslanadi. Ijtimoiy xotira esa tarixiy tajriba, kollektiv xotira va madaniy meros orqali harbiy madaniyatning aksiologik poydevorini mustahkamlovchi omil sifatida yoritiladi. Shuningdek, postklassik xavf jamiyati sharoitida ushbu omillarning transformatsiyasi va O‘zbekiston sharoitidagi o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
THE ROLE OF NATIONAL IDENTITY AND SOCIAL MEMORY IN FORMING MILITARY CULTURE
Kalit so'zlar: harbiy madaniyat, milliy identiklik, ijtimoiy xotira, vatanparvarlik, kollektiv ong, tarixiy xotira, xavfsizlik, yoshlar.