ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

DAVLAT RAHBARLARI NUTQIDA ODOB-AHLOQ MUNOSABATLARINING LINGVOPRAGMATIK TAHLILI

Dexqonboy, nabirasi Maxamadsoli qizi

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

2026-06-26 · pp. 223–226 · DOI: 10.5281/zenodo.21740998 · UDK 81

Annotatsiya

Ushbu maqola O‘zbekiston, Rossiya va AQSh prezidentlarining xalqaro maydondagi nutqlarini lingvopragmatika nuqtai nazaridan, xususan odob-axloq normalari va siyosiy pragmatik strategiyalar asosida qiyosiy tahlil qiladi. Tadqiqotda Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Donald Trump hamda boshqa Amerika prezidentlari nutqlaridagi ijobiy pragmatik strategiyalar, “yuz”ni saqlash taktikasi va madaniy o‘zgaruvchanliklar o‘rganiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, har bir yetakchi o‘zining milliy siyosiy an’analari va shaxsiy uslubiga mos ravishda odob-axloq normalarini qo‘llaydi: O‘zbekiston prezidenti nutqlari konsensus va hamkorlikka asoslangan, Rossiya prezidenti nutqlari affektiv va axloqiy argumentlarga tayanadi, Amerika prezidentlari esa ikki xil – omma oldida keskin, xususiy suhbatlarda yon beruvchi – kommunikativ uslubni namoyish etadi.

Kalit so'zlar: lingvopragmatika, odob-axloq normalari, pragmatik strategiyalar, siyosiy diskurs, prezidentlik nutqlari, yuz nazariyasi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi