“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
THE ISSUES OF HISTORICITY IN LITERATURE THEORY
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi ( Phd)
Annotatsiya
Badiiy asarlarda tarixiylik o‘tmish voqeliklarini haqqoniy va badiiy jihatdan mukammal aks ettirishga xizmat qiladi. Tarixiylik orqali kitobxon nafaqat tarixiy bilimga ega bo‘ladi, balki o‘tmishning ma’naviy-axloqiy saboqlarini ham anglaydi. Tarixiy roman yaratishda ijodkorning badiiy asarning mavzuiy rang-barangligiga e'tibor qaratishi uning badiiy qiymatini yanada oshiradi. O‘tgan davrning ko‘zga ko‘ringan adabiyotshunos olimlari tarixiy romanning paydo bo‘lishini innovatsion, o‘ziga xos hodisa bilan bog‘lashadi. Tarixiy badiiy asarlar, odatda , o‘ziga xos uslubda o‘sha tarixiy davr taqazo etgan tasvir voqealarida yoziladi. Tarixiy roman muallifining tarix bilan bog‘langanligi uning uslubida aniqlik, fantaziyaga ortiqcha erk bermaslik, romantik parvozdan chekinish xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Jahon adabiyotshunosligi tamaddunida tarixiy roman poetikasi, badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi, mavzu va g‘oya hamohangligi, tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima mutanosibligi, badiiy asar tili kabi masalalar tarixiy roman yaratishning asosiy shartlari deb qaraladi.
Kalit so'zlar: tarixiylik, tarixiy roman, romanlarning kelib chiqish davrlari, haqiqat, to‘qima, badiiy to‘qima, janr, asar tili.