“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MARSIYA VA ELEGIYALARDA HAYOT–MAMOT MASALALARI
Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada marsiya va elegiya janrlarida hayot va mamot masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Ushbu janrlarning genezisi, poetik xususiyatlari hamda insonning hayot va oʻlim haqidagi tasavvurlarini ifodalashdagi oʻrni yoritiladi. Janr tabiatidan kelib chiqqan holda, foniylik, abadiyat va fojiaviylik kabi ekzistensial motivlar ochib beriladi. Marsiya va elegiya janrlarida hayot va oʻlim munosabati muammosi mumtoz adabiyotshunoslik, falsafa hamda badiiy estetika chorrahasidagi eng fundamental hamda falsafiy-psixologik mavzulardan biri sifatida tadqiq etiladi. Ushbu tushunchalarni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish uchun ularning janriy tabiati, falsafiy ildizlari va badiiy-funksional xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: marsiya, elegiya, hayot, mamot, lirik janr, motam, badiiy talqin, abadiyat, lirik qahramon xarakteri, umumiylik va xususiylik belgilari.