“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI HISSIYOT METAFORALARINING INTENSIVLIK DARAJASI TAHLILI
Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi hissiyot metaforalarining intensivlik darajasi kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Z.Kovecses tomonidan ishlab chiqilgan uch pog‘onali intensivlik modeli asosida badiiy matn namunalari tahlilga tortiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hissiyot intensivligini ifodalashda ikkala tilda harorat, bosim va jarohat konseptual modellari universal tarzda ishlaydi, biroq ularning lingvistik voqelanishi va madaniy yuklamasi o‘zbek va ingliz tillarida sezilarli darajada farqlanadi. O‘zbek tilida intensivlik ko‘ngil, yurak, bag‘ir kabi ichki organ metaforalari orqali, ingliz tilida esa psixosomatik iboralar orqali ifodalanish xususiyati aniqlanadi.
Kalit so'zlar: kognitiv metafora, hissiyot metaforasi, intensivlik darajasi, konseptual model, qiyosiy tahlil.