ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

U.HAMDAM ROMANLARIDAGI PROFESSIONALIZMLARNING MAVZUVIY PARADIGMASI

Asatulloyeva, Muhayyo

Farg‘ona davlat universteti tadqiqotchisi

2026-06-26 · pp. 175–178 · DOI: 10.5281/zenodo.21740966 · UDK 81

Annotatsiya

Ushbu maqolada kasb-hunar leksikasining qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, qurilish, ta’lim, tibbiyot va boshqa ijtimoiy-mehnat sohalariga oid mavzuviy guruhlari ajratilib, ularning badiiy matndagi qo‘llanish chastotasi hamda uslubiy vazifalari ochib beriladi. Shuningdek, mazkur leksik qatlamning sinonimik, giperonimik-giponimik, tematik va assotsiativ munosabatlar asosida paradigma hosil qilishi tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari kasb-hunar leksikasining alohida so‘zlar yig‘indisi emas, balki o‘zaro semantik bog‘langan va muayyan konseptual maydonni tashkil etuvchi tizim sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: antroposentrik paradigma, sistema, termin, professionalizm, paradigmatik munosabat, assotsiativ munosabat, giper-giponimik, partonimik, graduonimik munosabatlar.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi