“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
FARG‘ONA VILOYATIDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARNING INVESTITSIYA FAOLLIGIGA TA'SIRI: TENDENTSIYALAR, MUAMMOLAR VA SAMARADORLIKNI BAHOLASH METODOLOGIYASI («Qo‘qon» EIZi misolida)
Turon Turk Farg‘ona MChJ rahbari, Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Maqolada Farg‘ona viloyatidagi erkin iqtisodiy zonalarning investitsiyalarni jalb etish va mintaqaviy iqtisodiy o‘sishga ta’siri «Qo‘qon» EIZ misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda soliq imtiyozlari va preferensiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimiga ta’siri hamda zona samaradorligini baholash masalalari o‘rganilgan. Natijalarga ko‘ra, 2018–2023 yillarda viloyatga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 90 mln dollardan 1,3 mlrd dollarga yetgan. «Qo‘qon» EIZida 370 mln dollarlik 100 ta loyiha amalga oshirilib, 9 mingta ish o‘rni yaratilgan. Shu bilan birga, eksport ulushining pastligi, infratuzilma rivojlanishidagi nomutanosiblik va mahalliy tarmoqlar bilan integratsiyaning sustligi asosiy muammolar sifatida aniqlangan. Tadqiqot yakunida eksport salohiyatini oshirish, mahalliy integratsiyani kuchaytirish va monitoring tizimini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: erkin iqtisodiy zona, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, «Qo‘qon» EIZi, soliq imtiyozlari, investitsiya samaradorligi, tarmoq integratsiyasi, Farg‘ona viloyati, eksport salohiyati