“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
UBAYDIY HAYOTI VA IJODIGA OID MANBALAR
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur tezisda XVI asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Ubaydiyning hayoti va ijodiy faoliyati yoritiladi. Shoirning adabiy merosi, uning o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni hamda turkiy she’riyat rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Ubaydiy asarlarida aks etgan tasavvufiy, axloqiy va ma’rifiy g‘oyalar, shuningdek, ularning badiiy ifoda xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida Ubaydiy ijodining o‘zbek adabiyoti tarixidagi ahamiyati, uning keyingi davr adabiy jarayonlariga ta’siri va milliy adabiy merosdagi o‘rni ochib beriladi.
Kalit so'zlar: Ubaydiy, mumtoz o‘zbek adabiyoti, Shayboniylar davri, adabiy meros, g‘azal, tasavvuf, turkiy she’riyat, badiiy mahorat, adabiy an’ana, ma’naviy-ma’rifiy qarashlar, o‘zbek adabiyoti tarixi, poetika.