ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISHDA ZAMONAVIY MENEJMENT INSTRUMENTLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Umarov, Ravshanjon Gafurovich

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

2026-06-26 · pp. 551–554 · DOI: 10.5281/zenodo.21742710 · UDK 658

Annotatsiya

Mazkur tezisda bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim xizmatlarini samarali boshqarishda zamonaviy menejment instrumentlarining o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Ta’lim muassasalari faoliyatida strategik rejalashtirish, sifat menejmenti, raqamli boshqaruv tizimlari, innovatsion menejment hamda samaradorlikni baholash vositalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va boshqaruv samaradorligini ta’minlashda zamonaviy menejment instrumentlaridan foydalanish istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ta’lim xizmatlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: ta’lim xizmatlari, ta’lim menejmenti, zamonaviy menejment instrumentlari, strategik boshqaruv, sifat menejmenti, raqamli transformatsiya, innovatsion boshqaruv, ta’lim sifati, raqobatbardoshlik, boshqaruv samaradorligi, ta’lim bozori, KPI tizimi

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi