“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARI BOZORINI TRANSFORMATSIYA QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti Jahon va mintaqa iqtisodiyoti, kafedrasi dotsenti,iqtisodiyot fanlari nomzodi(PhD)
Farg‘ona davlat universiteti Mintaqaviy iqtisodiyot, ixtisosligi 1-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida Farg‘ona viloyati transport-logistika xizmatlari bozorini transformatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Hududning eksport zanjiridagi tizimli muammolar, xususan, Qamchiq dovoni kabi transport to‘siqlari sharoitida tez buziladigan qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishdagi axborot asimmetriyasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasi o‘laroq, hududiy logistika zanjiriga Buyumlar interneti (IoT) va Sun'iy intellekt (AI) algoritmlarini integratsiya qiluvchi "Smart Regional Logistics" raqamli platformasi modeli taklif etilgan. Ushbu modelni joriy etish orqali logistika xarajatlarini 12-15% gacha kamaytirish va bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini qisqartirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: mintaqaviy iqtisodiyot, transport-logistika xizmatlari bozori, raqamli transformatsiya, Buyumlar interneti (IoT), Sun'iy intellekt (AI), Farg‘ona viloyati, eksport salohiyati