“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEKISTON SSR AGROSANOAT KOMPLEKSINING IJTIMOIY- EKOLOGIK OQIBATLARI ("PAXTA ISHI", 1975–1989-YILLAR)
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada "Paxta ishi" (Xlopkovoye delo) — O‘zbekiston SSRda 1975–1989-yillarda olib borilgan yirik korrupsiyaga qarshi tergov jarayoni — sovet agrar tizimiga xos ijtimoiy-ekologik va siyosiy hodisa sifatida o‘rganiladi. "Pripiska" (soxtalashtirishlar) tizimining mexanizmlari, iqtisodiy yo‘qotishlarning ko‘lami, O‘zbek aholisi uchun ijtimoiy oqibatlar va milliy mustaqillik harakatini tezlashtirgan siyosiy natijalar ko‘rsatib beriladi. Tarixiy-qiyosiy metodologiya asosida «Paxta ishi» Moskvaning utopik reja ko‘rsatkichlarining tizimli mahsuli ekanligi isbotlanadi.
Kalit so'zlar: Paxta ishi, pripiska tizimi, sovet korrupsiyasi, O‘zbekiston SSR, agrosanoat kompleksi, milliy mustaqillik, siyosiy repressiyalar, Gdlyan-Ivanov tergovlari