ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

GENETIK MANIPULYATSIYALASHNING BIOAXLOQIY MUAMMOLARI (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL)

Saatova, Zulayxa

2026-06-26 · pp. 507–515 · DOI: 10.5281/zenodo.21742676 · UDK 57

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy biotexnologiyalar, xususan, genetik muhandislik va genom tahrirlash usullarining (CRISPR-Cas9 kabi) jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan bioaxloqiy muammolar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Inson tabiatiga aralashishning chegaralari, inson qadr-qimmati, “yangi evgenika” xavfi, naslga aralashish (germline) tahriri bilan bog‘liq avlodlararo mas’uliyat, ijtimoiy adolat va biotexnologik imkoniyatlarga teng kirish huquqi masalalari ko‘rib chiqiladi. Muallif utilitarizm, deontologiya va fazilat etikasi nuqtai nazaridan genetik manipulyatsiyaga turlicha yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilib, ehtiyotkorlik tamoyiliga asoslangan bioaxloqiy tartibga solish zarurligini asoslaydi.

Kalit so'zlar: genetik manipulyatsiya, bioaxloq, ijtimoiy-falsafiy tahlil, inson qadr-qimmati, evgenika, genom tahriri, transgumanizm, bioxavfsizlik, axloqiy me’yor, ijtimoiy adolat

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi