“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ONGNING SUN'IY MODELI VA UNING IJTIMOIY AHAMIYATI: FALSAFIY-IJTIMOIY TAHLIL
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Ushbu maqola ongning sun’iy modeli va uning ijtimoiy ahamiyatini falsafiy-metodologik hamda empirik-sotsiologik nuqtai nazardan tadqiq etadi. Maqolada tabiiy intellektning noalgoritmik, dasturlanmaydigan xususiyatlari – quality, subyektiv tajriba, adaptivlik, mavhumliklarni solishtirish qobiliyati va intensionallik – ilmiy asoslab ko‘rsatilgan. Sun’iy intellekt ontologiyasining falsafiy asoslari sifatida fizik, reduksionizm va sinergik paradigmalari taqqoslama tahlil qilingan. Ijtimoiy jarayonlarni dasturlashda mavjud murakkabliklar tasodifiylik, bifurkatsiya va ijtimoiy entropiya umumiy tizimlar nazariyasi asosida tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy rivojlanishida sun'iy intellekt tizimlarining ta’siri empirik sotsiologik tadqiqot natijalari asosida yoritilgan. Milliy mental xususiyatlar va axloqiy qadriyatlarni inobatga oluvchi elektron ma’muriy reglamentlarni ishlab chiqish zaruriyati ilmiy asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: ong sun’iy modeli, tabiiy intellekt, sun’iy intellekt, fizik, reduksionizm, emerjentlik, quality, ijtimoiy entropiya, bifurkatsiya, O‘zbekiston, virtual ijtimoiylashuv, axborot xavfsizligi