“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR TADBIRKORLIGINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION VA MA’NAVIY OMILLARNING TRANSFORMATSION JIHATLARI
Farg‘ona davlat universiteti, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik
Annotatsiya
Maqsad. Mazkur tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonlarining yoshlar hayotiga ta’sirini, innovatsion va ma’naviy omillarning yoshlarni har tomonlama shakllantirishdagi o‘rnini hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilishdan iborat. Usul. Tadqiqotda mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil va mantiqiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natija. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida yoshlarning innovatsion tafakkuri, raqamli ko‘nikmalari va ma’naviy qadriyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlandi, shuningdek, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish imkoniyatlari ochib berildi. Xulosa. Innovatsion va ma’naviy omillarning uyg‘unlashuvi yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish bilan birga ularning ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida kamol topishini ta’minlaydi, bu esa inson kapitalini mustahkamlash va barqaror iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: globallashuv, yoshlar, innovatsiya, ma’naviyat, tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, inson kapitali, raqamli iqtisodiyot, startap, innovatsion faoliyat