ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARDA INQIROZGA QARSHI BOSHQARUVNING INSTITUTSIONAL ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH.

O‘rinboyev, Doniyorjon Baxtiyorjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti, “Buxgalteriya hisobi va moliya” kafedrasi o‘qituvchisi

2026-06-26 · pp. 462–467 · DOI: 10.5281/zenodo.21742652 · UDK 33

Annotatsiya

Ushbu maqolada qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruv samaradorligini oshirishning institutsional asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda inqiroz holatlarining chuqurlashishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar korxona boshqaruvi, ichki nazorat, risklarni boshqarish, axborot almashinuvi, qaror qabul qilish tizimi hamda me’yoriy-huquqiy muhit bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Muallif qurilish materiallari sanoatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, antiinqiroz boshqaruvning institutsional tayanchlarini takomillashtirish zaruratini asoslaydi. Maqolada korxonalarda barqarorlikni ta’minlash, inqiroz xavfini erta aniqlash, boshqaruvning moslashuvchanligini oshirish va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiluvchi tashkiliy-iqtisodiy yondashuvlar taklif etiladi. Tadqiqot natijalari qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimini kompleks ravishda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: qurilish materiallari sanoati, inqirozga qarshi boshqaruv, institutsional asoslar, korxona barqarorligi, risklarni boshqarish, ichki nazorat, boshqaruv mexanizmlari, strategik qarorlar, iqtisodiy barqarorlik, antiinqiroz boshqaruv

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi