ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

MARKAZIY FARG‘ONA QO‘RIQ YERLARINING O‘ZLASHTIRILISHI VA SUG‘ORILISHI TARIXI MANBASHUNOSLIGI.

Mamajanov, Azizbek Alisher o‘g‘li

FarDu doktoranti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

2026-06-26 · pp. 456–461 · DOI: 10.5281/zenodo.21742646 · UDK 63

Annotatsiya

Mazkur maqolada Markaziy Farg‘ona hududida sug‘orish tizimlarining shakllanishi va yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonlari tarixiy-ilmiy jihatdan kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda XX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan irrigatsiya siyosatining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Irrigatsiya infratuzilmasining kengayishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishga xizmat qilgani bilan birga, noto‘g‘ri agrar siyosat natijasida ekologik muammolar yuzaga kelgani ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada tarixiy tajribani tahlil qilish orqali zamonaviy sharoitda suv resurslarini samarali boshqarish va yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha xulosalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Markaziy Farg‘ona, irrigatsiya, sug‘orish tizimi, yerlarni o‘zlashtirish, agrar siyosat, suv resurslari, ekologik muammolar, paxtachilik, Orol dengizi, agrar rivojlanish

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi