“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SHAXS VA JAMIYAT MUNOSABATLARIDA SADOQATNING AKSIOLOGIK MOHIYATI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada shaxs va jamiyat munosabatlarida sadoqatning aksiologik mohiyati ijtimoiy- falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Sadoqatning qadriyat sifatidagi mazmuni, uning shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashdagi o‘rni hamda jamiyat taraqqiyotidagi funksiyalari yoritiladi. Shuningdek, raqamli makonda sadoqat qadriyatining namoyon bo‘lish xususiyatlari va Yangi O‘zbekistonda sadoqat madaniyatini rivojlantirish istiqbollari tahlil etiladi. Tadqiqotda sadoqatning ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy taraqqiyot va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashdagi ahamiyati asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: Sadoqat, aksiologiya, qadriyat, shaxs, jamiyat, ma’naviyat, fuqarolik, mas’uliyat, taraqqiyot, barqarorlik