“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MILLIY QADRIYATLAR VA ZAMONAVIY AXLOQIY ME’YORLAR UYG‘UNLIGI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada milliy qadriyatlar va zamonaviy axloqiy me’yorlarning o‘zaro uyg‘unligi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash, ma’naviy merosni rivojlantirish hamda umuminsoniy axloqiy tamoyillarni qaror toptirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, oila, ta’lim tizimi va jamiyat hayotida qadriyatlar uyg‘unligining ahamiyati ochib berilib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida milliy va zamonaviy qadriyatlar sintezining ma’naviy asoslari tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: Milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar, ma’naviy meros, globallashuv, qadriyatlar uyg‘unligi, milliy o‘zlik, ma’naviy tarbiya, fuqarolik madaniyati, Yangi O‘zbekiston, ijtimoiy-falsafiy tahlil