“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“MUSTAQILLIK YILLARIDA FARG‘ONA VILOYATI ALOQA TIZIMIDAGI TRANSFORMASIYA JARAYONLARI (1991–2005-YY.)”
FarDU mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada mustaqillikning dastlabki yillarida (1991–2005-yy.) Farg‘ona viloyati aloqa va telekommunikatsiya tizimida amalga oshirilgan institutsional islohotlar, sohani tizimli transformatsiya qilish va modernizatsiya bosqichlari tarixiy-xronologik aspektda tahlil qilingan. Tadqiqotda arxiv materiallari va statistik ma’lumotlar asosida hududda davlat aloqa monopoliyasining tugatilishi, ishlab chiqarish korxonalarining aksiyadorlashtirilishi, an’anaviy analog stansiyalardan raqamli texnologiyalarga hamda mobil aloqa va internet infratuzilmasiga o‘tish jarayonining tarixiy qonuniyatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Farg‘ona viloyati, aloqa tizimi, transformatsiya, telekommunikatsiya, raqamlashtirish, pochta-telegraf, ATS (avtomat telefon stansiyasi), mobil aloqa, arxiv fondlari, modernizatsiya