“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH RESURSLARINI SAMARALI TAQSIMLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Axmadaliyev Dilmurod Xurmatilloyevich, Farg‘ona davlat universiteti doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada sanoat korxonalarida ishlab chiqarish resurslarini samarali taqsimlash mexanizmini takomillashtirishning nazariy-uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Maqolada mehnat, material, energiya va kapital resurslarining ishlab chiqarish hajmiga ta’siri iqtisodiy- matematik model asosida baholangan. Xususan, Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi yordamida resurs omillarining elastiklik koeffitsiyentlari aniqlanib, ularning korxona ishlab chiqarish natijasiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, materiallardan oqilona foydalanish, energiya sarfini kamaytirish va kapital resurslaridan samarali foydalanish ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Maqolada resurslar taqsimotini takomillashtirish bo‘yicha resurs auditi, raqamli monitoring, energiya tejamkor texnologiyalar, ichki me’yorlashtirish va iqtisodiy-matematik modellashtirish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: sanoat korxonalari, ishlab chiqarish resurslari, resurslar taqsimoti, samaradorlik, Cobb–Douglas funksiyasi, mehnat unumdorligi, energiya tejamkorligi, material resurslari, kapital, optimallashtirish