ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

RAQAMLI DIPLOMATIYANING O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTON RESPUBLIKALARINING XALQARO MAYDONDAGI MAVQEINI MUSTAHKAMLASHDAGI ROLI

Allamurodov, Bekmurod

Toshkent xalqaro ta’lim universitet o‘qituvchisi

2026-06-26 · pp. 372–376 · DOI: 10.5281/zenodo.21742600 · UDK 32

Annotatsiya

Ushbu ilmiy tahlil zamonaviy xalqaro munosabatlarda raqamli diplomatiyaning davlat mavqeini mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishga bag‘ishlangan. Maqolada axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining global siyosatdagi transformatsion ta’sirini, xususan, “yumshoq kuch” va milliy brending konsepsiyalari bilan bog‘liq holda tahlil qiladi. Ishlanmada O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining xalqaro maydonda o‘z imijini yuksaltirish borasida olib borayotgan siyosati qiyosiy jihatdan ochib berilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, har ikki davlat ham strategik dasturiy hujjatlar, viza liberallashuvi, institutsional islohotlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati orqali raqamli diplomatiya vositalaridan muvaffaqiyatli foydalanmoqda.

Kalit so'zlar: Raqamli diplomatiya, yumshoq kuch, milliy brend, xalqaro mavqe, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati, Qozog‘iston Respublikasi tashqi siyosati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi