“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SIYOSIY TAFAKKURNING ENDOGEN XUSUSIYATLARI VA DEMOKRATIK JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI
Fargʻona davlat unversitet tarix fakulteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada siyosiy tafakkurning endogen xususiyatlari, uning shakllanish omillari hamda demokratik jamiyat rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Siyosiy tafakkur shaxs va jamiyatning siyosiy voqelikni anglash, baholash va unga munosabat bildirish jarayonlarini ifodalaydi. Endogen omillar sifatida milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, siyosiy madaniyat, ijtimoiy ong va fuqarolik mas’uliyati kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada demokratik jamiyat qurilishida siyosiy tafakkurning ahamiyati, fuqarolarning siyosiy faolligi va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi roli yoritilgan.
Kalit so'zlar: siyosiy tafakkur, endogen omillar, demokratik jamiyat, siyosiy madaniyat, fuqarolik jamiyati, siyosiy ong, demokratiya, milliy qadriyatlar