“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON O‘LKASI: LORD KERZON FAOLIYATI VA MEROSINING TARIXIY AHAMIYATI
O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasi hamda Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy, infratuzilmaviy va iqtisodiy manzarasi Jorj Nataniel Kerzonning tarixiy va empirik merosi orqali tahlil qilinadi. Uning 1888-yilda Markaziy Osiyo bo‘ylab qilgan safari va 1889-yilda nashr etilgan “Markaziy Osiyoda Rossiya” nomli asariga asoslangan holda, o‘zbek davlatchiligi tuzilmalari, sud tizimi, shaharsozlikdagi o‘zgarishlar va rus mustamlakachilik siyosatining ijtimoiy- iqtisodiy ta’siri tadqiq qilinadi. Kerzonning qarashlarini “Katta o‘yin”ning kengroq imperialistik jarayonlari bilan qiyoslash orqali, ushbu tadqiqot zamonaviy O‘zbekiston tarixini o‘rganishda xorijiy kuzatuvchilarning qaydlari naqadar muhim ekanligini ko‘rsatib beradi.
Kalit so'zlar: Turkiston, Buxoro amirligi, Lord Kerzon, Katta o‘yin, Markaziy Osiyo tarixi, Kaspiyorti temir yo‘li, mustamlakachilik, manba