“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
QUVASOY SANOATINING SHAKLLANISHIDA “GANCH” ARTELINING O‘RNI (ARXIV MANBALARI ASOSIDA)
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada XX asrning ilk yarmida Quvasoy sanoatida mahalliy kooperativ korxona sifatida faoliyat ko‘rsatgan “Ganch” artelining o‘rni va uning tugatilishiga olib kelgan omillar arxiv hujjatlari asosida o‘rganilgan. Tadqiqot Farg‘ona viloyati davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarga tayanib, manbashunoslik va tarixiy-tahliliy usullar orqali artelning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvati, texnik jihozlanishi va moliyaviy holati tahlil qilinadi. “Ganch” artelining mahalliy xomashyo bazasiga tayangan holda Quvasoy sanoat infratuzilmasining shakllanishida muhim boshlang‘ich bo‘g‘in bo‘lgani va urushdan keyingi resurs va boshqaruv muammolari tufayli faoliyati tugatilgani ko‘rsatiladi. Maqola Quvasoy sanoatida kichik kooperativdan markazlashgan sanoat tizimiga o‘tish jarayonini ochib beradi.
Kalit so'zlar: Quvasoy sanoati, “Ganch” arteli, mahalliy sanoat kooperatsiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarishi, arxiv manbalari, tarixiy-tahliliy tadqiqot, sanoatlashuv, markazlashtirish siyosati