ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

MAHALLA INSTITUTI ORQALI AYOLLAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA RAQAMLI PLATFORMALARNING SAMARADORLIGI: FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA

Madaminova, Xusnida Shuxratovna

FarDU mustaqil tadqiqotchisi

2026-06-26 · pp. 305–310 · DOI: 10.5281/zenodo.21742555 · UDK 004

Annotatsiya

Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati mahallalari misolida ayollar bandligini ta’minlashda raqamli platformalarning samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqot 2024 yilda n=300 ayol o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlari asosida deskriptiv statistika va binar logit-regressiya metodlari qo‘llanilgan holda amalga oshirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mahalla orqali raqamli platformalarga ulangan ayollarning ayollar bandlik indeksi (ABI) mustaqil ulanganlarga nisbatan 26,7% yuqori bo‘lgan (0,584 ga qarshi 0,461). Logit-regressiya tahlili mahalla orqali ulanishning ABIga ta’siri aniq va statistik jihatdan sezilarli ekanligini tasdiqlagan (OR=3,43; p<0,001; Nagelkerke R²=0,412). Tadqiqot mahalla institutini raqamli ish birjasiga aylantirishga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlangan.

Kalit so'zlar: ayollar bandligi, raqamli platformalar, mahalla instituti, ayollar bandlik indeksi (ABI), Farg‘ona viloyati, logit-regressiya

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi