ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

ONOMASTIK BIRLIKLARNING INGLIZ BOLALAR FOLKLOR QO‘SHIQLARIDA QO‘LLANILISHINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Yoqubova, Gulasal Farxodjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 151–153 · DOI: 10.5281/zenodo.21740948 · UDK 811.111

Annotatsiya

Bolalar folklor qo‘shiqlari muayyan xalqning o‘tmishi, tarixiy shakllanish bosqichlari, urf- odat va an’analari, e’tiqodiy qarashlari va qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi bebaho manbalardir. Ularda xalqning kundalik turmush tarzi sodda lekin to‘yingan til orqali ifodalanadi. Ushbu tadqiqotda ingliz bolalar folklor qo‘shiqlaridagi onomastik birliklar qiyosiy-lingvokulturologik hamda semantik jihatdan analiz qilish orqali ular orqali nazarda tutilgan simvollar va ularning qo‘shiq matnidagi funksiyalari ochib beriladi. Bolalar folklor qo‘shiqlaridagi onomastik birliklar shunchaki til birligi sifatida emas balki muhim lingvokulturologik ahamiyatga ega bo‘lgan etnik xotira va milliy o‘zlikni namoyon qiluvchi madaniy kodlar sifatida talqin qilinadi. Har bir xalq madaniyatining xilma-xilligi va o‘ziga xos jihatlari misollar orqali ko‘rsatilib isbotlab beriladi.

Kalit so'zlar: Onomastik birliklar, antroponim, nominativ funksiya, umumlashtiruvchi funksiya, fonetik-poetik funksiya, deonimizatsiya.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi