“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
FARG‘ONA VODIYSI ULAMOLARI SOVET HOKIMIYATINING "XUDOSIZLIK" SIYOSATIGA QARSHI (XX ASR 20-30-YILLARI)
Farg‘ona davlat universiteti doktoranti
Annotatsiya
Ushbu tezisda XX asrning 20–30-yillarida Turkiston (xususan, Farg‘ona vodiysi) hududida sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan dinga qarshi radikal siyosat va "jangovar xudosizlik" kampaniyasining mohiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda sho‘rolar tizimining mahalliy aholi e’tiqodini, diniy muassasalarni va an’anaviy hayot tarzini yo‘q qilishga qaratilgan ma’muriy-mafkuraviy bosimlariga qarshi Farg‘ona vodiysi ulamolarining ko‘rsatgan qarshiliklari, ularning ijtimoiy-diniy faoliyatini saqlab qolish yo‘lidagi kurash usullari tarixiy manbalar asosida yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, sovet hokimiyati, dinga qarshi siyosat, xudosizlik kampaniyasi, Turkiston ulamolari, islom, qatag‘on, mafkuraviy kurash