“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHDA MAHALLA INSTITUTI VA MAHALLIY BOZORLAR INTEGRATSIYASI (SOTSIAL-FALSAFIY VA AMALIY TAHLIL)
Annotatsiya
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida kuzatilayotgan ijtimoiy tahdidlar — sintetik giyohvandlik, zo‘ravonlik, kiberbulling va deviant xulq-atvor tendensiyalari tahlil qilingan. Muallif an’anaviy nazorat mexanizmlarining o‘zigina yetarli emasligini ta’kidlab, fuqarolik jamiyatining tayanch instituti bo‘lgan mahalla va yoshlarning norasmiy bandlik maydoni hisoblangan mahalliy bozorlar o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirishni ilgari suradi. Shuningdek, maqolada "Bozor-Mahalla" ijtimoiy patrulini joriy etish, bozorlarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va norasmiy ishlayotgan yoshlarni ta’limga jalb qilish orqali xavfsiz sotsializatsiyani ta’minlash mexanizmlari taklif etilgan.
Kalit so'zlar: Yoshlar, ijtimoiy tahdidlar, mahalla instituti, mahalliy bozorlar, deviant xulq-atvor, sintetik giyohvandlik, sotsializatsiya, "yettilik" tizimi, norasmiy bandlik, demografik divident