“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ANDIJON VILOYATI MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING HUDUDIY JOYLASHUVI VA TURIZM SALOHIYATI (GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA)
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktaranti
Annotatsiya
Maqolada Andijon viloyatidagi moddiy madaniy meros obyektlarining hududiy joylashuvi va turizm salohiyati GIS texnologiyalari hamda Kernel Density Estimation (KDE) usuli asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Andijon viloyati Madaniy meros boshqarmasining joriy arxiv ma’lumotlari asosida arxitektura, arxeologiya, monumental san’at va diqqatga sazovor joylar toifalariga mansub obyektlar o‘rganildi. Tahlillar natijasida Andijon shahri, Marhamat, Qo‘rg‘ontepa, Buloqboshi, Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlarida tarixiy-madaniy meros obyektlarining zich joylashgan hududlari aniqlanib, ularning turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritildi.
Kalit so'zlar: madaniy meros, arxeologik yodgorlik, GIS, KDE, turizm, Andijon viloyati, tarixiy geografiya, madaniy landshaft