ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

FARG‘ONA VILOYATI MAHALLALARINING IQTISODIY FAOLLIGI: KLASTER TAHLILI ASOSIDA TAFOVUTLARNI ANIQLASH

Yusupov, Muslimbek Xoshimjonovich

mustaqil tadqiqotchi

2026-06-26 · pp. 242–247 · DOI: 10.5281/zenodo.21742514 · UDK 33

Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona viloyati mahallalarining iqtisodiy faolligi klaster tahlili asosida baholanadi. Tadqiqot maqsadi — mahallalar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni aniqlash, orqada qolayotgan hududlarni belgilash va davlat dasturlarini manzilli yo‘naltirish uchun dalilliy asos shakllantirishdan iborat. Tahlilda bandlik, tadbirkorlik subyektlari soni, ijtimoiy infratuzilma, internet qamrovi, ijtimoiy yordamga bog‘liqlik va migratsiya saldosi kabi ko‘rsatkichlardan foydalanildi. Metodologik asos sifatida asosiy komponentlar tahlili (PCA), k-means va Ward usuliga asoslangan iyerarxik klasterizatsiya qo‘llanildi. Natijalar mahallalarni to‘rt guruhga ajratish va har bir guruh uchun alohida iqtisodiy siyosat choralarini belgilash zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: mahalla, iqtisodiy faollik, klaster tahlili, k-means, PCA, hududiy tafovut, Farg‘ona viloyati, manzilli siyosat

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi