ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

BOLALAR ADABIYOTIDA MADANIYATGA ALOQADOR VERBAL VA VIZUAL MATNLARNING PRAGMALINGVISTIK TAHLILI

Xudoyberganova, Sevara Ilhomjonovna

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

2026-06-26 · pp. 145–150 · DOI: 10.5281/zenodo.21740942 · UDK 82

Annotatsiya

Mazkur maqolada bolalar adabiyotidagi madaniyatga aloqador verbal va vizual matnlarning pragmalingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniy axborotning bolalar ongiga yetkazilishida lingvistik va vizual vositalarning o‘zaro munosabati, ularning kommunikativ-pragmatik vazifalari hamda madaniy qadriyatlarni shakllantirishdagi roli yoritiladi. O‘zbek va jahon bolalar adabiyoti namunalaridan olingan misollar asosida verbal matnlarda madaniy me’yorlar, oilaviy munosabatlar va mehnat qadriyatlari, vizual matnlarda esa kiyim, makon, rang va predmetlar orqali madaniy ma’no ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari verbal va vizual matnlarning integratsiyasi bolalarda madaniy identifikatsiya va pragmatik kompetensiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: bolalar adabiyoti, pragmalingvistika, verbal matn, vizual matn, madaniy matn, multimodallik, madaniy qadriyatlar, kommunikativ ta’sir.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi