“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
B. MATBOBOYEVNING O‘ZBEKISTON ILK TEMIR DAVRI TARIXINI YORITISHGA OID ILMIY QARASHLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR
FarDU O‘zbekiston-Xitoy arxeologiya qo‘shma kafedrasi dotsenti
FarDU mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada arxeolog B. Matboboyevning O‘zbekiston hududidagi ilk temir davri madaniyatining xronologiyasi va davrlashtirilishiga oid ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Uning madaniy jarayonlarning hududiy xilma-xilligini e’tirof etishi, «madaniy majmua yaxlitligi» tamoyiliga tayanishi, «Chust madaniy umumiyligi» konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlashi hamda radiokarbon sanalar ahamiyatini ta’kidlashi yoritilgan. Shuningdek, olimning A.S. Sagdullayev qarashlariga munosabati va yondashuvining ilmiy-metodologik ahamiyati baholangan.
Kalit so'zlar: ilk temir davri, xronologiya, davrlashtirish, naqshli sopol, Chust madaniyati, Chust madaniy umumiyligi, Yaz-depe shkalasi, madaniy majmua, radiokarbon sanalar, Shimoliy Baqtriya, Farg‘ona vodiysi