ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

IJTIMOIY MEDIA MARKETINGI VA UNING ISTE’MOLCHILARNING XARID QILISH JARAYONIGA TA’SIRI

Sattorova, Shohsanamxon Isoqjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 217–223 · DOI: 10.5281/zenodo.21742492 · UDK 658

Annotatsiya

Ushbu maqolada ijtimoiy media marketingi va ijtimoiy tarmoqlarning turizm sohasidagi ahamiyati, shuningdek iste’molchilarning turistik mahsulot va xizmatlarni tanlash va xarid qilish jarayonidagi amaliy ahamiyati haqida tadqiqot amalga oshirilgan.Tadqiqot so‘rovnoma shaklida tashkil etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy tarmoqlarning samaralari haqida fikr va takliflar berilgan. Bugungi kunda barcha sohalar qatori iqtisodiyot va turizm sohasiga ham raqamli texnologiyalar kirib kelib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni yanada qulaylashib bormoqda.Ushbu jarayonda, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va media vositalarining o‘rni yanada oshib bormoqda.Turizm sohasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida chatbotlar va ijtimoiy tarmoq vositalaridan samarali foydalanilmoqda. Mazkur tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarning xarid qilish jarayonidagi ijobiy samaralari haqida so‘z yuritilgan.ayniqsa hozirgi kundagi instagram,telegram,youtube va facebook tarmoqlari mahsulot sotib olish jarayonida bevosita mahsulot sotiladigan turistik tashkilotlarga nisbatan mijozlar ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ayniqsa, turizm mahsulotlari va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ijtimoiy media orqali reklama targ‘ibotlari ham turizm mahsulotlari va turistik xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada yengilllashtirdi.Ushbu maqolada ijtimoiy media vositalarining turizm sohasidagi samaralari va ijobiy foydalari haqida fikr va mulohazalar berilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy media,influenser, kontent,ijtimoiy tarmoq, iste’molchi xulq-atvori, reklama, foydalanuvchi sharhi, xarid qilish jarayoni bosqichlari,innovatsion texnologiyalar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi