“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MIGRATSIYA JARAYONLARINING IQTISODIY O‘SISH VA MEHNAT BOZORI RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada migratsiya jarayonlarining zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, uning iqtisodiy o‘sishga ta’siri hamda mehnat bozorini muvozanatlashtirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xalqaro va ichki migratsiyaning demografik jarayonlar, bandlik darajasi, ishchi kuchi taqsimoti va aholi turmush darajasiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, migratsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari hamda uning mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni ochib berilgan.
Kalit so'zlar: migratsiya, mehnat bozori, iqtisodiy o‘sish, bandlik, ishchi kuchi, demografik jarayonlar, xalqaro migratsiya, ichki migratsiya, iqtisodiy rivojlanish