“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KORPUS TADQIQOTLARIDA METAFORA VA QORISHIQ METAFORA MASALALARI
Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada korpus tilshunosligining asosiy metodlari - MIP va MIPVU yondashuvlari - doirasida metafora va qorishiq metafora hodisalarining tadqiqot imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek va ingliz tillari qiyosida qorishiq metaforaning kommunikativ muvaffaqiyatsizlik omillari aniqlanib, katta hajmli matnlar asosida empirik tahlil o‘tkazishning metodologik tamoyillari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari kognitiv lingvistika, uslubshunoslik va tarjima nazariyasi uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: korpus tilshunoslik, metafora, qorishiq metafora, MIP, MIPVU, kognitiv lingvistika, qiyosiy tahlil.