“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEKISTONNING DEMOGRAFIK HOLATI VA YOShLAR ULUSHI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR
Qo‘qon davlat Unversiteti O‘qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy demografik holati, aholi sonining o‘sish tendensiyalari va yoshlar ulushining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni ilmiy hamda falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda demografik jarayonlarning iqtisodiyot, mehnat bozori, urbanizatsiya va inson kapitaliga ta’siri zamonaviy ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, “demografik dividend” konsepsiyasi asosida yoshlar ulushining mamlakat taraqqiyotidagi strategik ahamiyati ochib beriladi. Maqolada O‘zbekistonda yoshlar siyosati, ta’lim, bandlik va innovatsion rivojlanish masalalari falsafiy nuqtai nazardan ham tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: demografik holat, yoshlar ulushi, demografik dividend, urbanizatsiya, inson kapitali, migratsiya, iqtisodiy taraqqiyot, yoshlar siyosati