ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

SUN'IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING INSON RESURSLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

Minojidinova, Nafosatxon Ma’rufjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 170–174 · DOI: 10.5281/zenodo.21742431 · UDK 004.8

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning inson resurslarini boshqarish tizimlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xodimlarni tanlash, baholash, o‘qitish va rivojlantirish jarayonlarida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari o‘rganilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi HR texnologiyalarining tashkilot samaradorligini oshirishdagi o‘rni, mehnat unumdorligiga ta’siri hamda ushbu tizimlarni joriy etishda yuzaga keladigan muammolar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish inson resurslarini boshqarish tizimlarini takomillashtirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, inson resurslari, HRM, raqamli transformatsiya, mehnat unumdorligi, avtomatlashtirish, xodimlarni boshqarish

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi