“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘TKIR ISLOMOVNING ILMIY FAOLIYATI VA ARXEOLOGIYA RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI
Farg‘ona davlat texnika universiteti, Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi assistenti
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek arxeologiya maktabining yirik vakillaridan biri bo‘lgan O‘tkir Islomovning O‘zbekiston hududida mezolit davrini o‘rganishdagi ilmiy faoliyati tahlil qilinadi. Olimning mezolit va unga tutash bo‘lgan tosh davri bosqichlarini tadqiq etishdagi ilmiy qarashlari, arxeologik izlanishlari hamda ibtidoiy jamiyat tarixini tiklashdagi hissasi yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston hududidagi mezolit davri yodgorliklari, ularning madaniy xususiyatlari, xo‘jalik shakllari va mikrolit industriyasining rivojlanishiga oid masalalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari O‘tkir Islomov ilmiy merosining O‘zbekiston va Markaziy Osiyo arxeologiyasi rivojidagi ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so'zlar: O‘zbekiston arxeologiyasi, tosh davri, ibtidoiy jamiyat, arxeologik yodgorliklar, mikrolit industriyasi, paleolit, neolit, moddiy madaniyat, arxeologik tadqiqotlar, ovchilik, terimchilik, baliqchilik, mehnat qurollari, stratigrafik usul, tipologik tahlil, paleoekologik yondashuv, Markaziy Osiyo arxeologiyasi, madaniy taraqqiyot, xo‘jalik faoliyati, tarixiy meros, ibtidoiy jamoalar, tosh qurollar, arxeologik ekspeditsiyalar