“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ARXEOLOGIK SOPOL BUYUMLARNI KONSERVATSIYA QILISHDA GIBRID METODOLOGIYA: XITOY TAJRIBASINING O‘ZBEKISTON IQLIMIY VA MINERALOGIK SHAROITLARIGA ILMIY MOSLASHTIRILISHI
Farg‘ona davlat universiteti O‘zbekiston–Xitoy, arxeologiya qo‘shma kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston arxeologik sopol buyumlarini ilmiy restavratsiya qilishning 20 bosqichli metodikasi tahlil qilinib, u Xitoy konservatsiya maktabining (Tang va Song sulolalari keramikasi misolida) zamonaviy yondashuvlari bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda Xitoy tajribasini mexanik ko‘chirish emas, balki uni O‘zbekistonning quruq iqlimi hamda mahalliy sopol mineralogiyasiga moslashtirilgan, qaytaruvchanlik va minimal aralashuv tamoyillariga asoslangan to‘rt bosqichli gibrid restavratsiya modeli taklif etiladi. Rentgen-difraksion (XRD), rentgen-flüoressensiya (XRF) va skanlovchi elektron mikroskopiya (SEM) usullari yordamida olingan natijalar mahalliy va Xitoy keramikasi o‘rtasidagi kimyoviy farqlarni ochib beradi va ushbu farqlarni hisobga olgan amaliy protokol ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Kalit so'zlar: arxeologik keramika, restavratsiya, konservatsiya, 20 bosqichli metodika, Xitoy tajribasi, gibrid metodologiya, qaytaruvchanlik, mineralogik tarkib, O‘zbekiston