“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
NEMIS TARIXSHUNOSLIGIDA EFTALIYLAR VA SOSONIYLAR MUNOSABATLARINING TADQIQ ETILISHI
Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada yurtimizning ilk o‘rta asrlardagi tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va qudratli davlat tuza olgan eftaliylarning Erondagi sosoniylar bilan bo‘lgan munosabatlari va ular o‘rtasidagi urushlarning sabablari nemis tilida yaratilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib o‘rganib chiqiladi va yakuniy xulosaga kelinadi. Aynan Eron tarixiga qiziqish nemis tarixshunosligida yuqori o‘rinda turadi va biz bunday tadqiqotlar orqali o‘z tariximizdagi muammoli bo‘lgan savollarga javob topishimiz ham mumkin.
Kalit so'zlar: Eftaliylar, sosoniylar, O‘rta Osiyo, Frans Althaym, Teodor Noldeke, Bahrom V, Pero‘z I, Yazdigird II, Kubod, Faganish, diplomatik munosabatlar