ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

YANGI O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-FALSAFIY OMILLARI

Sharipova, Kamola

FarDU tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 111–114 · DOI: 10.5281/zenodo.21742376 · UDK 1

Annotatsiya

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida gender tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy omillari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot 2017-2024-yillar davomida amalga oshirilgan islohotlar kontekstida gender munosabatlarini shakllantiruvchi falsafiy, madaniy, huquqiy va institutsional omillarni o‘rganadi. Maqolada gender tenglik tushunchasining ontologik va epistemologik asoslari, jamiyatimizda mavjud gender stereotiplari va ularning falsafiy tahlili, shuningdek O‘zbekistonda gender siyosatini amalga oshirishning zamonaviy muammolari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli tahlil, qiyosiy-tarixiy va dialektik metodlardan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, gender tenglikni ta'minlashning muvaffaqiyati ijtimoiy ong transformatsiyasi, ta'lim tizimining modernizatsiyasi, huquqiy mexanizmlarning takomillashtirilishi va iqtisodiy imkoniyatlarning kenglashtirilishi kabi omillarning o‘zaro mushtarak ta'siriga bog‘liqdir. Maqola ijtimoiy falsafa, gender tadqiqotlari va siyosatshunoslik sohalari kesishmasida joylashib, Yangi O‘zbekiston gender siyosatiga tegishli amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Kalit so'zlar: gender tenglik, ijtimoiy falsafa, Yangi O‘zbekiston, gender stereotiplari, ijtimoiy transformatsiya, huquqiy mexanizmlar, iqtisodiy faollik, madaniy omillar, siyosiy ishtiroq, ta’lim va gender

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi