ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

FARG‘ONA VODIYSI ANTIK DAVRI MODDIY MADANIYATINI O‘RGANISHDA SHO‘RABOSHOT YODGORLIGINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Karimova, Nazokat Voxidjon qizi

Farg‘ona davlat unversiteti, tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 105–110 · DOI: 10.5281/zenodo.21742374 · UDK 008

Annotatsiya

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysining antik davr moddiy madaniyatini o‘rganishda Sho‘raboshot yodgorligining tutgan o‘rni va ilmiy ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Arxeologik qazilmalar natijasida aniqlangan kulolchilik mahsulotlari, turar-joylar tizimi, mudofaa inshootlari hamda xo‘jalik faoliyati asosida hududda urbanizatsiya jarayonlari va madaniy rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Sho‘raboshot madaniyati Eylaton va Marhamat madaniyatlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, uning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari Sho‘raboshot yodgorligi Farg‘ona vodiysida antik davr madaniy taraqqiyotida muhim bosqich bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: Sho‘raboshot, Farg‘ona vodiysi, antik davr, moddiy madaniyat, kulolchilik, urbanizatsiya, arxeologiya, Eylaton, Marhamat

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi