ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

YOSHLARNI VATANPARVARLIK TARBIYASI ASOSIDA KOSMOPOLITIZM TA’SIRIDAN ASRASHDA IJTIMOIY VA MILLIY IDENTIKLIKNI ANGLASHNING AHAMIYATI

Mamadalimov, Azimjon Xasanboyevich

Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta‘lim fakulteti o‘qituvchisi dotsent

2026-06-26 · pp. 85–91 · DOI: 10.5281/zenodo.21742353 · UDK 37

Annotatsiya

Mazkur maqolada yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasi asosida kosmopolitizm ta’siridan asrashda ijtimoiy va milliy identiklikni anglashning nazariy, hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Globallashuv jarayonlari sharoitida yoshlar ongiga turli g‘oyaviy oqimlarning tez kirib borishi milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda milliy identiklik va ijtimoiy identiklikning vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirishdagi o‘rni, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda yoshlarning mafkuraviy barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, ta’lim- tarbiya jarayonida yoshlarni kosmopolitizmning salbiy ta’sirlaridan himoya qilishning pedagogik mexanizmlari, jumladan, oila, ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligi, tarixiy-madaniy merosga tayangan tarbiya usullari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari yoshlar ongida milliy o‘zlikni mustahkamlash va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish orqali ularni ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllantirish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: globallashuv, kosmopolitizm, vatanparvarlik, milliy identiklik, ijtimoiy identiklik, yoshlar tarbiyasi, mafkuraviy immunitet, ma’naviy tarbiya, fuqarolik mas’uliyati, milliy qadriyatlar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi