“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
QUVASOYDA SEMENT SANOATINING SHAKLLANISHI: BIRINCHI BESH YILLIK SANOATLASHTIRISH SIYOSATI DOIRASIDA
Farg‘ona davlat universiteti, professor, Tarix fanlari doktori (DSc)
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktorant
Annotatsiya
Mazkur maqolada Quvasoyda sement sanoatining shakllanish jarayoni SSSRning birinchi besh yillik sanoatlashtirish siyosati (1928–1932) doirasida tahlil qilingan. Tadqiqotda arxiv hujjatlari, rejaviy materiallar va ilmiy adabiyotlar asosida Quvasoy hududining tabiiy-geografik imkoniyatlari, mineral-xomashyo resurslari hamda ularning sement sanoati rivojidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Quvasoy sement zavodini qurish to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi, qurilish jarayonining bosqichlari, moddiy-texnik taʼminlashdagi muammolar va ularning korxona faoliyatiga taʼsiri tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari hududning boy xomashyo zaxiralari, Qizil-Qiya ko‘mir havzasiga yaqinligi va qulay transport infratuzilmasi sement ishlab chiqarishni tashkil etish uchun muhim omil bo‘lgan. Quvasoy sement zavodining ishga tushirilishi respublika qurilish materiallari sanoati taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berib, hududning yirik sanoat markaz sifatida shakllanishiga xizmat qilgan. Shu bilan birga, korxona mahalliy ishchi va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash, shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda keyingi sanoat tarmoqlarining vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, Quvasoy, sement sanoati, sanoatlashtirish, birinchi besh yillik, qurilish materiallari sanoati, sement zavodi, sanoat infratuzilmasi, mehnat resurslari