“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
IX–X ASRLAR SOMONIYLAR DAVLATIDA TURKIY HARBIY ELITA: BARS AL-KABIR FAOLIYATI VA SIYOSIY KURASHLAR.
Farg‘ona davlat universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada IX–X asrlarda Somoniylar davlati harbiy-siyosiy tizimida muhim o‘rin tutgan turkiy lashkarboshilardan biri – Bars al-Kabirning faoliyati tahlil qilinadi. Muallif tarixiy manbalar asosida Barsning Ismoil Somoniy xizmatidagi o‘rni, uning diplomatik va harbiy topshiriqlarni bajarishdagi roli, shuningdek, davlatdagi hokimiyat almashinuvi jarayonidagi siyosiy xatti-harakatlarini yoritib beradi. Tadqiqot o‘rta asrlarda g‘ulomlar tizimining shakllanishi, markaziy hokimiyat va viloyat voliylari o‘rtasidagi murakkab munosabatlar hamda turkiy harbiy elitaning davlat boshqaruvidagi ta’sirini ochib beradi. Kalit so‘z va iboralar: Somoniylar, Bars al-Kabir, Ismoil Somoniy, mahalliy voliy, iqtisodiy muxtoriyat, o‘tish davri, turkiy lashkarboshilar, g‘ulomlar tizimi, siyosiy tarix.