ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINING INVESTITSION FAOLLIGINI OSHIRISHGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR.

G‘opparov, Ma’ribjon Oripovich

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar, instituti mustaqil tadqiqotchisi

2026-06-26 · pp. 26–30 · DOI: 10.5281/zenodo.21742305 · UDK 336

Annotatsiya

Ushbu maqolada mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlarining investitsion faolligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va kichik biznes sub’ektlariga kiritilgan ivestitsiyalar tahlili bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Investitsiya, biznes, ishbilarmonlik, davlat, bozor, tadbirkorlik, iqtsodiy o‘sish, korxona, investitsion muhit, investitsion jozibadorlik. Mamlakatimizda ishbilarmonlik mumuhitini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash imkoniyatini bermoqda. Keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka bo‘lgan e’tibor ortib bormoqda. Shuning bilan birga ishbilarmonlik muhiti davlat, bozor va jamiyat tomonidan yaratilgan iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy sharoitlar tizimi bo‘lib, u korxonalarning biznes faoliyati qanday darajada qulay yoki qiyin ekanligini belgilaydi hamda yangi korxonalar ochilishi, innovatsiyalar, investitsiyalarning oshishi va iqtisodiy o‘sishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida kichik biznes sub’ektlarida investitsiyalarning jadalligi, ularning hajmi, dinamikasi va investitsiya kiritishga bo‘lgan umumiy tayyorlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Investitsion faollik quyidagi ko‘rsatkichlar, jumladan, investitsiyalarning umumiy hajmi, investitsiya loyihalari soni va strukturasi, xususiy va xorijiy kapital ishtirok darajasi, korxonalarning investitsiyaga bo‘lgan ehtiyoji va korxonalarning investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni oson va qulay topa olish darajasi belgilanib, iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari, texnologik yangilanish va hududiy rivojlanishga olib keladi. 1-rasm. Kichik biznesni investitsion faolligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar va ularni o‘zaro bog‘liqligi1 Investitsiyalar hudud rivojlanishidagi asosiy omil sifatida qaralishini inobatga olganda, hududlarda investitsion muhitni shakllantirish, investitsion jozibadorlikni oshirida samarali innovatsion-investitsion strategiyalardan foydalanish hamda biznes sub’ektlarining investitsion faolligini oshirishda iqtisodiy omillar samaradorligini tahlili qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda 2020–2024 yillar davomida kichik sub’ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar mamlakat miqyosida barqaror o‘sib borgani kuzatiladi. Umumiy investitsiyalar hajmi 2020 yildagi 77,5 trln so‘mdan 2024 yilda 231,8 trln so‘mgacha ko‘tarilib, besh yil ichida qariyb uch barobarga oshgan. 1-jadval Xududlar bo‘yicha kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari (fermer va dexqon xo‘jaliklarisiz; mlrd. so‘m)2 1 Rasm muallif tomonidan ishlangan. 2 O‘zbekiston Respublikasi statisika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. Xududlar 2020 2021 2022 2023 2024 nomlari O‘zbekiston 77487,9 85221,1 99980,9 145842,8 231829,4 Respublikasi Qoraqalpog‘isto 1497,2 1360,8 1451,7 2456,2 4337,8 n Respublikasi Viloyatlar: Andijon 4219,0 4536,1 6445,3 10864,0 18989,9 Buxoro 3050,7 5129,1 7212,2 16481,1 25054,8 Jizzax 9041,7 5480,5 6496,0 9308,9 11362,8 Qashqadaryo 1929,5 2344,9 1804,5 5182,5 12813,4 Navoiy 3789,4 4434,0 5720,0 10248,0 10050,3 Namangan 6555,4 6591,3 7191,2 10228,0 41024,1 Samarqand 7272,9 6249,4 9108,1 14254,2 13770,7 Surxandaryo 2958,7 4050,4 3766,6 8445,3 5746,2 Sirdaryo 2858,6 4175,2 9163,8 11183,9 7919,5 Toshkent 6356,9 11105,8 10128,4 14571,5 28320,9 Farg‘ona 5308,7 5746,5 7208,0 9676,8 12972,3 Xorazm 2173,1 2628,9 2373,1 2194,0 5335,4 Toshkent sh. 20476,2 21388,2 21911,0 20747,7 34130,7 jamiga nisbatan foizda O‘zbekiston 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 Respublikasi Qoraqalpog‘isto 1,9 1,6 1,5 1,7 1,9 n Respublikasi Viloyatlar: Andijon 5,4 5,3 6,4 7,4 8,2 Buxoro 3,9 6,0 7,2 11,3 10,8 Jizzax 11,7 6,4 6,5 6,4 4,9 Qashqadaryo 2,5 2,8 1,8 3,5 5,5 Navoiy 4,9 5,2 5,7 7,1 4,3 Namangan 8,5 7,7 7,2 7,0 17,8 Samarqand 9,4 7,3 9,1 9,8 5,9 Surxandaryo 3,8 4,8 3,8 5,8 2,5 Sirdaryo 3,7 4,9 9,2 7,7 3,4 Toshkent 8,2 13,0 10,1 10,0 12,2 Farg‘ona 6,9 6,8 7,2 6,6 5,6 Xorazm 2,8 3,1 2,4 1,5 2,3 Toshkent sh. 26,4 25,1 21,9 14,2 14,7 Bu dinamika kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalar dasturlarining kengayishi, shuningdek, xususiy sektorda investitsiya faolligining kuchayganini anglatadi. Yuqoridagi jadvalda investitsiya faolligidagi hududlar o‘rtasidagi farqlar, yetakchi hududlar va o‘sish tendensiyalarini aniq ko‘rsatib beradi (1-jadval). Xududlar bo‘yicha kichik bizns sub’ektlariga kiritilgan investitsiyalarni o‘zida aks ettirgan 3-jadvalda eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega hududlar ichida, avvalo, Toshkent shahrini qayd etish zarur. 2024 yilda investitsiyalar hajmi 34,1 trln so‘mga yetgan bo‘lib, bu respublika bo‘yicha eng yirik ko‘rsatkich hisoblanadi. Ulush bo‘yicha 2020 yilda 26,4% darajadan 2024 yilda 14,7% gacha pasaygan bo‘lsa-da, bu absolyut investitsiyalar o‘sgani va boshqa hududlarda ham faollik yuqori ekanini ko‘rsatadi. Toshkent shahridagi yuqori ko‘rsatkichlar iqtisodiy infratuzilmaning rivojlangani, biznes muhitning qulayligi hamda kichik biznesning xizmatlar va savdo sohalarida faolligi bilan bog‘liq. Namangan viloyati 2024 yilda eng katta o‘sish qayd etilgan hududlardan biri sifatida ajralib turadi. 2020 yilda 6,5 trln so‘m bo‘lgan investitsiyalar 2024 yilda 41 trln so‘mdan oshib, ulushi 17,8% ga yetgan. Bu jadal o‘sish kichik sanoat zonalari faoliyati, qishloq xo‘jaligi qayta ishlash korxonalari va logistika infratuzilmasining rivojlanishi bilan izohlanadi. Namangan hududiy investitsiya faolligi bo‘yicha Toshkent shahridan keyingi asosiy yetakchiga aylangan. Shunigdek, Toshkent viloyati ham investitsiya dinamikasining yuqori o‘sayotgan mintaqa sifatida namoyon bo‘lgan. 2024 yilda 28,3 trln so‘mlik investitsiya kiritilgan bo‘lib, bu 2020 yilga nisbatan qariyb to‘rt barobar ko‘pdir. Viloyatning ulushi 12,2% ni tashkil etgan va respublikadagi ustuvor o‘rinlardan birini egallagan. Viloyatdagi faollik sanoat klasteri, loyihalarni joylashtirish imkoniyatlari va transport infratuzilmasining qulayligi bilan asoslanadi. Buxoro viloyati 2020–2024 yillarda yuqori sur’atlarda o‘sish namoyon qilgan. Investitsiyalar 3 trln so‘mdan 25 trln so‘mgacha oshgan va ulushi 10,8% ga yetgan. Turizm, kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar Buxoroni barqaror investorlar hududiga aylantirgan. Andijon viloyati ham investitsiyalar bo‘yicha yetakchi hududlar qatorida. 2024 yilda 18,9 trln so‘mlik investitsiyalar qayd etilgan, ulushi esa 8,2% ni tashkil etgan. Avtomobilsozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatidagi yangilanishlar bu hududni iqtisodiy rivojlanish markazlaridan biriga aylantirgan. Ayrim mintaqalarda pasayish kuzatilgan. Xususan, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida 2024 yilga kelib ulushlar pasaygan. Bu mutlaq investitsiyalar o‘sganiga qaramay, umumiy hajmning tez o‘sishi fonida ular nisbatan orqada qolganini anglatadi

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi