“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ERKINLIK FENOMENINING IJTIMOIY-FALSAFIY HAMDA ONTOLOGIK TALQINLARI
Farg‘ona davlat universiteti, Tarix fakulteti, Falsafa kafedrasi 3-bosqich doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada erkinlik fenomeni zamonaviy falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinib, uning inson o‘zligini anglash, hayotdagi o‘rnini belgilash va o‘zini namoyon etishdagi ahamiyati yoritilgan. Erkinlik insonga tayyor holda berilmaydigan, balki ijtimoiy hayot jarayonida shakllanadigan dinamik hodisa sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda fenomenologik, germenevtik va qiyosiy tahlil usullari qo‘llanib, G‘arb faylasuflarining erkinlik haqidagi qarashlari hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi huquqiy normalar qiyosiy o‘rganilgan. Natijada erkinlik va qaramlikning falsafiy hamda ijtimoiy-huquqiy mohiyati ochib berilgan..
Kalit so'zlar: erkinlik fenomeni, ijtimoiy transformatsiyalar, ontologik maqom, gnoseologiya, ekzistensiya, sotsial determinizm, fenomenologik yondashuv, germenevtik tahlil, huquqiy-falsafiy tahlil