“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Sharqiy Farg‘ona sharoitida Canis aureus ning gelmint faunasi va uning epidemiologik ahamiyati
Andijon davlat universiteti Biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada Sharqiy Farg'ona sharoitida chiyabo'ri (Canis aureus)ning ekologik xususiyatlari va gelmint faunasi tahlil qilingan. Gelmintologik tadqiqot natijasida 34 ta chiyabo'ri organizmida 24 tur parazit gelmint qayd etildi hamda ularning tarqalish ko'rsatkichlari (invaziya ekstensivligi va intensivligi) aniqlandi. Turning inson va xonaki hayvonlar uchun epidemiologik va epizootologik ahamiyati baholangan.
Kalit so'zlar: Canis aureus, gelmint, invaziya ekstensivligi, invaziya intensivligi, Sharqiy Farg'ona, ekologiya